Daryo

“Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Musobaqaning 1/2 bosqichi doirasidagi bahslar 9 va 10-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish6 920 ko‘rishlar0 izoh0

Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tayotgan 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak final bahslari yakuniga yetdi. Ushbu bosqichda “Fluminense”, “Chelsi”, “PSJ” va “Real Madrid” jamoalari o‘z raqiblarini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Foto: Getty Images

Yarim final juftliklari quyidagicha:

  • “Fluminense” (Braziliya) — “Chelsi” (Angliya)
  • “PSJ” (Fransiya) — “Real Madrid” (Ispaniya)
Foto: Dazn

Ushbu bahslar 9 va 10-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirning final uchrashuvi esa 13-iyulga belgilangan.

Ma’lumot uchun, musobaqa tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan klub bu — “Real Madrid”. Ispan jamoasi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida besh bor g‘alaba qozongan. Ikkinchi o‘rinda “Barselona” turibdi. Kataloniyaliklar musobaqada 3 marta zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi turnirda Angliyaning “Manchester Siti” klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan. Finalda ular Braziliyaning “Fluminense” jamoasini 4:0 hisobida yenggan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar