Daryo

Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

Musobaqa finaliga yo‘l olgan ikkinchi jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish14 075 ko‘rishlar0 izoh0

AQShning Ruterford shahridagi “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim final uchrashuvida Parijning “Pari Sen-Jermen” klubi Madridning “Real” jamoasini yirik — 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Foto: Getty Images

Parijliklar o‘yinni kuchli bosim ostida boshladi va 6-daqiqada yarim himoyachi Fabian Ruis hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Usmon Dembele hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 24-daqiqada yana Ruis faol o‘yin namoyish etib, o‘z dublini rasmiylashtirdi. Yakuniy natija esa 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Gonsalu Ramush tomonidan o‘rnatildi — 4:0.

Mazkur g‘alaba evaziga “PSJ” musobaqa finaliga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahs 13-iyul oqshomida bo‘lib o‘tadi. Unda parijliklar Angliyaning “Chelsi” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Real Madrid” esa musobaqadagi ishtirokini shu bosqichda yakunladi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati
Yarim final

10-iyul, payshanba

“PSJ” — “Real Madrid” 4:0
Gollar: 1:0 — Ruis (6), 2:0 — Dembele (9), 3:0 — Ruis (24), 4:0 — Ramush (87)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar