Daryo

O‘zbekistonda aholining uchdan bir qismi kamida bitta bank kreditiga ega

Ikki yoki undan ortiq krediti borlar soni oshdi

1 daqiqa o‘qish6 287 ko‘rishlar1 izoh0

O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholining 33 foizi kamida bitta bank kreditiga ega.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaziy bank ma’lumotlarida keltrilishicha, 2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5 million kishi kamida bitta bank kreditiga ega. Banklardan kredit olgan aholining taxminan 27 foizi, ya’ni 1,4 million kishida ikki yoki undan ortiq krediti bor.

Banklardan kredit olgan jismoniy shaxslarning:

  • 11 foizida 3 ta va undan ortiq;
  • 16 foizida 2 tadan;
  • 73 foizida 1 ta kredit bor.

2020-yil boshida uchta yoki undan ko‘p kreditga ega bo‘lganlar ulushi 5 foizni tashkil etgan. O‘sha yilda ikki kreditga ega bo‘lganlar ulushi 13 foiz  bo‘lgan. Bitta krediti borlar esa 82 foizni tashkil etgan.

Foto: Markaziy bank

Bu o‘zgarishlar aholining kreditdan ko‘proq foydalanayotganini va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda aholiga kredit ajratish bilan bog‘liq insofsiz amaliyotlar yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan tushuntirishlar bilan kredit berishni rad etish holatlari ham kuzatilmoqda. Markaziy bank bunday  amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirib, barcha kredit tashkilotlariga xat yuborgandi. Davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida egalarining roziligisiz ularning bank kartalaridan yechib olinishini ham to‘xtatishga chaqirgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar