Daryo

Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

Bu prezidentning ushbu mamlakatga ilk tashrifi bo‘ldi va ikki davlat munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi

1 daqiqa o‘qish5 419 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi 25-iyun kuni yakuniga yetdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tarixdagi birinchi bo‘lgan ushbu tashrif O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochdi.

O‘zbekiston prezidenti rafiqasi bilan birga ushbu mamlakatga 24-iyun kuni kelgandi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Mo‘g‘uliston Davlat saroyida prezident Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida amaliy hamkorlikning barcha asosiy masalalari va yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi, kelajakka mo‘ljallangan aniq vazifa va rejalar belgilab olindi. 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Shu kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertida ishtirok etdi.

Tashrifning ikkinchi kuni davlat rahbari rafiqasi bilan “Ix Tenger” majmuasida bo‘ldi. Prezidentlar va birinchi xonimlar birgalikda daraxt ekdi. An’anaviy “Naadam” o‘yinlari tomosha qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar