Daryo

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga “Ix Tenger” davlat majmuasi bog‘ida daraxt ham ekdi

2 daqiqa o‘qish10 990 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 25-iyun kuni rafiqalari bilan birga “Ix Tenger” davlat majmuasi bog‘ida daraxt ekdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik tobora mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarining rivojlanishida yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar “Naadam” an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbirni kuzatgan jurnalist Aziza Qurbonovaning yozishicha, O‘zbekiston prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi mo‘g‘ul xalqining eng sevimli yoz bayrami arafasida bo‘lib o‘tmoqda. 11—12 iyul kunlari butun Mo‘g‘ulistonda katta festival boshlanadi. Ix Tengeriyn majmuasida davlat rahbari sharafiga ushbu milliy bayram sahnalari tashkil etildi.

Festivalning eng yorqin voqeasi bu “nadaam” musobaqalari. Unda mo‘g‘ul botirlari uchta asosiy bellashuv — kurash, otda yugurish, kamondan o‘q otish bo‘yicha kurashadi. Nadaam o‘yinlari YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.

Tadbirdan lavhalar

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi birinchi kuni qanday o‘tdi?

O‘zbekiston prezidenti rafiqasi bilan birga ushbu mamlakatga 24-iyun kuni kelgandi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Mo‘g‘uliston Davlat saroyida prezident Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida amaliy hamkorlikning barcha asosiy masalalari va yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi, kelajakka mo‘ljallangan aniq vazifa va rejalar belgilab olindi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Shu kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertida ishtirok etdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar