Daryo

​​Shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sababli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi

Hozirda Toshkent aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha cheklovlar bekor qilingan

1 daqiqa o‘qish4 422 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent aeroportida shamol yo‘nalishining o‘zgarishi tufayli mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu sababli bir nechta reys Samarqanddagi zaxira aerodromiga yo‘naltirilgan. Jumladan:

  • “Qanot Sharq” aviakompaniyasining Kamran—Toshkent yo‘nalishidagi HH-2232 reysi (qo‘nish 16:35 da);
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9732 Maxachqal‘a—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha (qo‘nish soat 16:42);
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Dehli—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-424 (qo‘nish soat 16:51).

Shuningdek, Air Astana aviakompaniyasining Astana—Toshkent yo‘nalishidagi KS-123 reysi Turkistondagi zaxira aerodromga yo‘l olishga qaror qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da vaziyat barqarorlashdi, Toshkent aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi. Aeroport odatdagi tartibda ishlamoqda. Zaxira aerodromlarga qo‘ngan samolyotlar Toshkentga uchishga tayyorlanmoqda.

“Shuni ta’kidlash joizki, shamol siljishi — bu qisqa masofa davomida shamolning yo‘nalishi yoki tezligi keskin o‘zgaradigan holat. U gorizontal yoki vertikal bo‘lishi mumkin va samolyotga gorizontal parvoz, ko‘tarilish yoki qo‘nish paytida ta’sir ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar