Daryo

Moskvada shifokorlar boshiga pichoq sanchilgan erkakni qutqarib qoldi

Bemor janjal paytida boshiga pichoq sanchilganini aytgan. Pichoq tig‘ining bir qismi sinib, uyqu arteriyasi yonidagi jarohatga tiqilib qolgan

1 daqiqa o‘qish3 566 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvadagi F.I.Inozemsev nomidagi shahar klinik kasalxonasi shifokorlari boshidan pichoq jarohati olgan 52 yoshli erkakni qutqarib qolishdi. Bu haqda poytaxt sog‘liqni saqlash departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

 
Foto: “Moskovskaya meditsina”

Ma’lum qilinishicha, bemor tez yordam mashinasida tibbiyot muassasasiga keltirilgan. U janjal paytida boshiga pichoq sanchilganini aytgan. Pichoq tig‘ining bir qismi sinib, uyqu arteriyasi yonidagi jarohatga tiqilib qolgan.

“Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, bemorda pnevmotsefaliya belgilari va chap tomondagi ponasimon suyak qanoti metall parchasi bilan singanligi aniqlandi”, deya tushuntirdi shifoxona vakili.

 
Foto: “Moskovskaya meditsina”

Erkakning qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish uchun kasalxonaga yotqizilgan. Tibbiy konsilium xulosasiga ko‘ra, singan bo‘lakning ko‘chib, yirik qon tomirlarini ikkilamchi shikastlash xavfini hisobga olgan holda, yot jismni olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazishga qaror qilindi.

“Pichoqning tig‘i ichki uyqu arteriyasi va yuz nerviga juda yaqin joylashgandi. Ozgina xato eng yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Biroq, tekshiruvlar natijasida pichoq uyqu arteriyasiga tegmagani va uni xavfsiz olib tashlash mumkinligi aniqlandi”, deya qo‘shimcha qildi shifoxona vakili.
 
Foto: “Moskovskaya meditsina”

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan va bir necha kundan so‘ng erkak sog‘-salomat holda uyiga javob berilgan.

Bundan avval Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 2 yoshli bola tangalarni yutib yuborgani aniqlandi. 2025-yilning yanvarida farg‘onalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olingandi. O‘sha oyda qozog‘istonlik jarrohlar 4 yoshli bolaning ichaklaridan 39 ta magnit sharni olib tashlagandi. 20-fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida jarrohlar ikki yoshli bolaning oshqozonidan 105 dona magnitli munchoqni chiqarib olgani xabar qilingandi. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar