Oqmo‘la viloyat bolalar shifoxonasida shifokorlar 39 ta magnit sharni yutib yuborgan to‘rt yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2-yanvar kuni bola Zerenda qishlog‘idan qorindagi kuchli og‘riqlar va takroriy qusish shikoyatlari bilan zudlik bilan bolalar shifoxonasiga olib kelingan, keyinroq uning ahvoli yomonlashgan.
“Rentgen tekshiruvi bolaning ichaklarida ko‘plab begona jismlar borligini ko‘rsatdi”, dedi shifoxona xodimi.
Bolalar jarrohi Salimjon Jakupovning aytishicha, operatsiya deyarli besh soat davom etgan.
“Bolaning ichaklarida 39 ta magnit shar bo‘lgan, ular yo‘g‘on va ingichka ichaklarni shikastlab, teshilish va peritonitni keltirib chiqargan, yot jismlarni olib tashlash va oqibatlarini bartaraf etish jiddiy zarar yetkazish xavfi tufayli murakkablashgan”, dedi shifokor.
Shifokorlarning professionalligi va o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar tufayli bolaning hayoti saqlab qolindi. Shifokorlar, shuningdek, ota-onalarni bolalari qanday narsalar bilan o‘ynayotganini kuzatishga va o‘yinchoqlarning xavfsizligini tekshirishga chaqirdi.
Izoh (0)