Daryo

Rossiyada erkak oshqozonidan 200 dan ortiq tanga olib tashlandi

Shifokorlar bemorning ichki a’zolarida gayka va eshik ilmog‘i ham borligini aniqladi.

1 daqiqa o‘qish3 116 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada shifokorlar qorni va qizilo‘ngachidan 200 dan ortiq yot jism topilgan erkakni operatsiya qildi. Bu haqda Volgograd shahri Sog‘liqni saqlash qo‘mitasiga tayanib “Oxu.az” xabar berdi.

50 yoshli bemor Volgograddagi 25-sonli kasalxonaga oshqozon-ichakdan qon ketishi gumoni bilan yotqizilgan. Tekshiruvlar davomida uning ichki a’zolarida 227 ta yot jism borligi aniqlangan. Ular orasida turli nominaldagi tangalar (umumiy qiymati 875 rubl — 148 ming so‘m), shuningdek, 11 ta gayka va ikkita eshik ilmog‘i bo‘lgan.

“Operatsiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, u kam invaziv endoskopik usulda — kesishlarsiz va og‘ir aralashuvlarsiz amalga oshirilgan. Bunday yondashuv jarohatni kamaytirish va bemorning tiklanishini tezlashtirish imkonini berdi”, dedi shifokorlar.

Ta’kidlanishicha, hozirda bemorning ahvoli yaxshi, uning hayotiga xavf yo‘q. Erkak buyumlarni nima sababdan yutib yuborgani haqida ma’lumot berilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, yanvar oyida Samarqandda 29 yoshli fuqaro 200 grammga yaqin mix va samorez yutib yuborgani aniqlangandi. U qorin sohasidagi kuchli og‘riq bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. Shifokorlar bemorga zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurligini belgilagan. Natijada laparotomiya va gastrostomiya usulida operatsiya amalga oshirilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar