Daryo

Respublika bo‘ylab bir kunda 6,2 mlrd so‘mlik energoresurslar talon-toroj qilindi

Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 11 nafar shaxs maʼmuriy va intizomiy javobgarlikka tortildi

1 daqiqa o‘qish4 637 ko‘rishlar0 izoh0

Hududlarda energiya resurslarini iqtisod qilish borasida ishlar davom ettirilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, 26-may kuni 271 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 470 ta holatda 6,2 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. 

Shu bilan birga, gaz taqsimlash punktlarining 2 tasi almashtirildi va 259 tasi taʼmirlandi, 888 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi, 3 762 ta gaz hisoblagich batareyasi almashtirildi.

Shuningdek, 2 800 ta gaz hisoblagichining aloqasi tiklandi, 5 ta yangi transformator o‘rnatildi, 248 km tarmoq, 290 ta transformator punktlari taʼmirlandi, 14 km yuqori yuklamali tarmoqlarda simlar almashtirildi.

Bundan tashqari, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 11 nafar shaxs maʼmuriy va intizomiy javobgarlikka tortildi, 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bunday holatlar soni ortib bormoqda

Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shu bilan birga, Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.

Shuningdek, Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgandi. Shuningdek: 

Respublika bo‘ylab bir kunda 3,3 mlrd so‘mlik gaz va “svet” talon-toroj qilingani aniqlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar