Daryo

Krishtianu Ronaldu biologik jihatdan 29 yosh ekanligi aniqlandi

Portugaliyalik hujumchi yana 10 yil futbol o‘ynay olishini bildirgan

1 daqiqa o‘qish6 243 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu sog‘liqni kuzatuvchi qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Whoop kompaniyasining reklama yuziga aylangan. Kompaniya mutaxassislari bir muddat hujumchi bilan ishlashdi va uning turli fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘rganishdi.

Foto: Goal

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ronaldu biologik jihatdan ancha yosh ekani aniqlandi. Ya’ni, tekshiruvlardan keyin u ayni payt atigi 28,9 yoshda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda futbolchi Portugaliyaning Record nashri bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi. 

To‘g‘risi, bu men bunchalik yaxshi holatda ekanimni kutmagan edim. Tekshiruvlarda biologik jihatdan 28,9 yoshda ekanligimni aytishdi. Bu shuni anglatadiki, men hali yana 10 yil futbol o‘ynay olaman, deydi hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu fevral oyida 40 yoshni qarshi oldi. Uning “An-Nassr” bilan shartnomasi 2025-yilning iyun oyigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu yana ikki yil futbol o‘ynashni maqsad qilgan. U AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan jahon chempionatidan keyin karyerasini yakunlashi mumkin.

Avvalroq futbolchi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Marokashning “Vidad” jamoasi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi aytilgandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar