Daryo

Ronaldu jarohati sabab terma jamoa yig‘inida ishtirok eta olmasligi mumkin — Romano

Yaqin vaqt ichida 41 yoshli portugaliyalik futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng uning tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

1 daqiqa o‘qish2 975 ko‘rishlar0 izoh0

“An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu oyoq mushagidan olgan jarohati sababli ikki haftadan to‘rt haftagacha muddatda maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ronalduning Portugaliya terma jamoasining navbatdagi yig‘inida ishtirok etmasligi ehtimoli yuqori. Bo‘lajak yig‘in doirasida Portugaliya terma jamoasi Meksika (29-mart) va AQSH (1-aprel) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Yaqin vaqt ichida 41 yoshli portugaliyalik futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng uning tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

Avvalroq klub Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi “Al-Feyha”ga qarshi so‘nggi uchrashuvdan so‘ng Ronalduda tizza osti pay jarohati aniqlanganini ma’lum qilgan edi.

Ronaldu 41 yoshda, u besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni, Millatlar Ligasining ikki karra g‘olibi, milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi besh bor “Oltin to‘p” sohibiga aylangan.

Hujumchi 2022-yil dekabridan buyon “An-Nassr” safida to‘p surmoqda, faoliyati davomida u Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Italiyaning “Yuventus” va Ispaniyaning “Real Madrid” klublarida ham o‘ynagan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar