Daryo

Krishtianu Ronalduning Portugaliyadagi haykali yoqib yuborildi (video)

Noma’lum erkak ushbu harakatini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan. Videoda bloger bu holatni “Xudoning so‘nggi ogohlantirishi” deb atagan.

1 daqiqa o‘qish4 778 ko‘rishlar0 izoh1

Portugaliyaning Madeyra orolida noma’lum shaxs mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning haykalini yoqib yubordi. Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisiga bag‘ishlangan haykal Funshal shahridagi Avenida do Mar ko‘chasida joylashgan. Shuningdek, u yerda hujumchiga atab qurilgan CR7 nomli muzeyi ham bor.

Xabarlarga ko‘ra, erkak ushbu harakatini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan. Tasvirlarda u musiqa ostida raqsga tushgani, shundan so‘ng haykalga yonuvchi suyuqlik sepib, uni yoqib yuborgani aks etgan. Videoda bloger bu holatni “Xudoning so‘nggi ogohlantirishi” deb atagan. Manbaga ko‘ra, mazkur haykal avval ham hujumga uchragan. Xususan, 2016-yilda unga zarar yetkazilgach, keyinchalik haykal CR7 muzeyi oldiga ko‘chirib o‘tkazilgan.

Madeyra politsiyasi hodisa yuzasidan izoh berib, gumonlanuvchi shaxs aniqlanganini, biroq hozircha qo‘lga olinmaganini bildirdi. Qayd etilishicha, ushbu shaxs avval ham shunga o‘xshash holatlarda ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki bor Millatlar Ligasida g‘olib chiqqan. U besh marta “Oltin to‘p” sovrinini ham qo‘lga kiritgan. Hujumchi faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” hamda “Yuventus” kabi jamoalarda to‘p surgan. Futbolchi hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klub sharafini himoya qilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar