Daryo

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini ziyorat qilishni tavsiya qildi

Futbolchi yaqinda “An-Nassr” bilan 2027-yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi

1 daqiqa o‘qish4 198 ko‘rishlar0 izoh0

“An-Nassr” klubi hujumchisi, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishni tavsiya qildi. 40 yoshli futbolchi yaqinda klub bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan edi.

Foto: Instagram / “An-Nassr”

Ronaldu mamlakatdagi hayotdan mamnunligini bildirib, Saudiya Arabistonida o‘zini xotirjam his qilayotganini ta’kidladi:

Odamlarni bu yerga kelishga ko‘ndirish shart emas. Shunchaki, “kelib ko‘ringlar!” deyish kifoya. Masalan, hozir men Qizil dengiz bo‘yidaman — bu yer menga va oilamga yoqadi, o‘zimni xotirjam his qilaman. Saudiya Arabistonida hayot tinch, shaharlar chiroyli. Bu joy menga juda ma’qul, madaniyati ham o‘ziga xos. Ko‘p narsa o‘zgarganini ko‘rib turibman, — deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi “An-Nassr” klubi matbuot xizmati.

Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubiga 2023-yil yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi 41 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 35 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Portugaliyalik futbolchi bungacha Madridning “Real” klubi, Turinning “Yuventus” jamoasi, Angliyaning “Manchester Yunayted” hamda Lissabonning “Sporting” klublarida to‘p surgan. 2016-yilda esa Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar