Daryo

Armaniston prezidenti qarorgohi yonida portlash va yong‘in yuz berdi 

Uchta yengil avtomobil va bitta beton aralashtirgich mashina yongan

1 daqiqa o‘qish5 876 ko‘rishlar0 izoh0

Yerevan markazida, Bagramyan shohko‘chasidagi Armaniston prezidenti qarorgohi yaqinida katta yong‘in ro‘y berdi. Guvohlar Silva Kaputikyan ko‘chasi atrofida ikkita portlash sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. Bu haqda News Armeniya xabar bermoqda.

Foto: News Armeniya

Guvohlardan biri hodisa texnik nosozlik tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

“Beton aralashtirgich ko‘tarilishni uddalay olmadi, orqaga yumalab, ag‘darilib ketdi va portladi”, dedi voqea guvohi.

Qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar Milliy inqirozni boshqarish markaziga soat 16:02 da kelib tushgan. Voqea joyiga to‘rtta o‘t o‘chirish guruhi jo‘natilgan. To‘rtta avtomobil — uchta yengil avtomobil va bitta beton aralashtirgich yonayotgani aniqlangan.

Yong‘in soat 16:50 da nazorat ostiga olinib, 17:08 da to‘liq bartaraf etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda jabrlanganlar yo‘q.

So‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar

2024-yilning 13-oktyabr kuni Yunusobodda yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketgandi. 16-oktyabrda esa Mirobod tumanida joylashgan “Miran” mehmonxonasining qurilishi davom etayotgan eski binosida yong‘in chiqdi.

Shuningdek, 20-oktyabr kuni soat 16:54 da Shayxontohur tumanidagi Bildirish tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi.

Bundan tashqari, Olmazor tumani “Chinobod” MFY, Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida 31-oktyabr kuni soat 02:13 da yong‘in sodir bo‘ldi.

20-noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘ldi.

31-dekabr kuni Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

2025-yil 25-fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in sodir bo‘lgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar