Daryo

Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomashinalar harakati uchun 2 kunga yopiladi

Yunusobod tumanida qurilish-ta‘mirlash ishlari olib boriladi

1 daqiqa o‘qish4 033 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Maʼlum qilinishicha, shu sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi avtomashinalar harakati uchun yopiladi.

Cheklov 13-may soat 22:00 dan 15-may 06:00 gacha amal qiladi.

Ko‘rsatilgan muddat davomida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi. 

Avtomashinalar harakati cheklanayotgan ko‘chalar

Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasi (KHAY)dagi yo‘lning bir yo‘lagi 10-apreldan 6-maygacha, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi chorrahasidan Cho‘pon ota chorrahasigacha bo‘lgan KHAY yo‘nalishida joylashgan yo‘l 10-apreldan 22-aprelgacha yopilishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘i kirishigacha bo‘lgan yo‘l 13-apreldan 1-sentyabrgacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda. Shu munosabat bilan 27-mart kuni soat 7:00 dan 30-aprelgacha O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan Yahyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtomashinalar harakati uchun yopilishi aytilgandi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ko‘cha yarim yilga yopilishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar