Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ehtiyotsizlik oqibatida hojatxona chuquriga tushib ketgan qiz qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 25-iyun kuni soat 17:33 da shahar FVBBga Yunusobod tumani “Obiravon” koʻchasidagi uylardan birida 5 yoshli qiz (2021-yilda tugʻilgan) nazoratdan chetda qolishi oqibatida hovlidagi hojatxonaga tushib ketgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng unga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, yaqinlariga topshirilgan. Hozirda qizning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.








