Daryo

“Manchester Siti” Virtsning vakillari bilan muzokara o‘tkazgan

Gvardiola nemis futbolchisini kelajakdagi rejalarining bir qismi sifatida ko‘rmoqda

1 daqiqa o‘qish4 033 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniya terma jamoasi va Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts Angliyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Unga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub ustozi Pep Gvardiola futbolchini jamoaga olib kelishni istamoqda va uni kelajakdagi rejalarining bir qismi sifatida ko‘rmoqda. Shu bois “shaharliklar” rahbariyati ortga chekinishni istamayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub vakillari allaqachon “Bayer” bilan muzokaralar o‘tkazgan va tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan.

Virtsning leverkuzenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.

Florian joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Avvalroq OAVda futbolchining oila a’zolari Virtsni Germaniyaning boshqa jamoasi — “Bavariya”ga o‘tishi tarafdori ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, unga Madridning “Real” klubidan ham takliflar borligi aytilgandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar