Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (1:2) hakamlikdan norozi bo‘lganligini aytdi.
Mutaxassis AS nashriga bergan intervyusida uchrashuv referisi ayrim epizodlarda xato qilganini aytdi:
“Birinchi gol kiritilgan vaziyatdan oldin raqib futbolchilari Kurtuani ushlab turishgandi. Menimcha, ayrim epizodlarni ham boshqacha talqin qilish mumkin edi. Lekin hakam o‘z qarorini qabul qildi va bu yakunda o‘yin natijasiga o‘z natijasini o‘tkazdi. Shuni ham aytishim kerakki, men hali ushbu epizodlarni qayta ko‘rib chiqqanim yo‘q”, deydi Alonso.
Ma’lumot uchun, “Real” 6-turdan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Qirollik klubi” hozirda 12 ochko bilan Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar keyingi turda “Monako”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20 yanvar kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.








