Daryo

“Real” Rodrigoni qanchaga sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Futbolchiga Angliya Premyer Ligasi klublaridan taklif bor

1 daqiqa o‘qish6 939 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi braziliyalik vinger Rodrigo Goesni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Ispaniyaning Cadena SER nashriga tayanib Championat xabar bermoqda.

Foto: Footaball London

Klub 24 yoshli futbolchi uchun kamida 90 million yevro miqdorida taklif tushishini kutmoqda. Ushbu mablag‘ bosh murabbiy Xabi Alonsoning talabiga binoan yarim himoyachini xarid qilish uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

Rodrigoga hozirda Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq futbolchining o‘zi boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqchi. Bundan tashqari, uning atrofidagi vaziyatni Angliyaning boshqa klubi — “Manchester Siti” ham kuzatib bormoqda.

O‘tgan mavsumda Rodrigo barcha musobaqalar doirasida 51 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 10 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning “Real” bilan shartnomasi 2028-yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymati 90 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar