Daryo

“Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

Myunxenliklar “Bayer” futbolchisi uchun kurash olib bormoqda

1 daqiqa o‘qish6 369 ko‘rishlar0 izoh0

Myunxenning “Bavariya” klubi “Bayer” hamda Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jonatan Taning vakillari bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Florian Plettenberg xabar bergan.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan futbolchini qo‘lga kiritish uchun myunxenliklar sport direktorlari — Maks Eberl va Kristofer Froynd, shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani faol harakat qilmoqda. Ta “Bavariya” himoyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida qayd etilmoqda.

Avvalroq OAVda Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyligiga tayinlansa, u Jonatanni o‘z jamoasiga olib kelmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, futbolchining vakillari bilan “Barselona” ham muzokaralar olib borayotgani aytilgandi. Turli manbalarga ko‘ra, kataloniyaliklar allaqachon Jonatan Ta bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, biroq moliyaviy cheklovlar tufayli transferni rasmiylashtira olmayapti.

Joriy mavsumda 28 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 47 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt futbolchining qiymatini 30 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar