Daryo

Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

IIV u qamoqqa olinganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish33 708 ko‘rishlar0 izoh0

Mubashshir Ahmad Istanbulda qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. IIB u O‘zbekistonga deportatsiya qilinganini ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Mubashshir Ahmad

Vazirlik bergan axborotga ko‘ra, xalqaro qidiruvga e’lon qilingan Alisher Tursunov 8-may kuni Turkiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinib, 10-may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Uning ta’sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston qonunchiligiga zid axborot mavjud bo‘lgani sababli, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) 2023-yilning 28-dekabr kuni Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan edi. 2024-yil 21-fevral kuni u deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytgan edi.

Mubashshir Ahmad 2023-yil avgustda O‘zbekistonda o‘zi asos solgan “Azon.uz” sayti o‘z faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qilgan edi. Shundan so‘ng u noyabr oyida o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvchi “Azon Global” portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

IIV 2025-yilning fevralida Mubashshir Ahmad qidiruvga berilganini ma’lum qilgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar