Daryo

“Shikoyat bildirmadi”. Ombudsman koloniyada Mubashshir Ahmad ahvolini o‘rgandi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Tursunov bilan xoli tarzda suhbat o‘tkazib, uning sog‘lig‘iga oid tibbiy hujjatlar bilan tanishdi.

1 daqiqa o‘qish20 786 ko‘rishlar0 izoh8

Ombudsman koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i va saqlanish sharoitini o‘rgandi.

Uning advokati Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) qandli diabet kasalligi bilan og‘rib kelayotgani sababli salomatligi bilan bog‘liq muammolar turmada ham davom etayotganini bildirgandi. Shu xabar asosida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili viloyatdagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Foto: Ombudsman

Monitoring davomida mahkumlar bilan, shu jumladan, mahkum Alisher Tursunov bilan ham xoli tarzda suhbat o‘tkazildi va uning sog‘lig‘iga oid tibbiy hujjatlar bilan tanishildi.

“Alisher Tursunov muassasada tibbiy yordam ko‘rsatilishidan shikoyati yo‘qligini, muntazam ravishda to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib kelinayotganini, faqatgina avvaldan mavjud bo‘lgan kasalliklari tufayli sog‘lig‘ida biroz o‘zgarishlar borligini va tegishli tibbiy yordam olayotganini qayd etdi”, deyiladi ombudsman xabarida.

Foto: Ombudsman
Foto: Ombudsman

Shuningdek, muassasada o‘z xohishiga ko‘ra mehnatga jalb etilgani (oshxona ishlari bilan shug‘ullanadi) hamda qonunchilikda belgilangan vaqtlardan tashqari ortiqcha mehnatga jalb etilmaganini, ish sharoiti mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq ekanini aytib o‘tgan.

Oziq-ovqat taʼminoti va yashash sharoiti bo‘yicha ham shikoyat bildirmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘idan kelib chiqib, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat beriladi.

Foto: Ombudsman

“Mahkum Alisher Tursunov bilan o‘tkazilgan xoli tarzdagi suhbatda u hech qanday masalada murojaat qilmadi”, deyiladi xabarda.

​Ma’lum qilinishicha, ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan ushbu muassasaga 2025-yilning noyabr va dekabr oylarida amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida ham mahkum Alisher Tursunov tomonidan murojaatlar kelib tushmagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar