Daryo

Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish26 146 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqanddagi uylarning birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida vafot etganlar soni 7 kishiga yetdi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Portlash sodir bo‘lgan xonadon
Foto: Videodan kadr

Samarqand shahrining “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz portlashi 8-maydan 9-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgandi. Portlash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1, 2, 3-qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan dastlab 6 nafar fuqaroning jasadi topilgandi. “Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, 9-may kuni xonadon vayronalari ostidan yettinchi murda ham olib chiqildi.

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

2025-yilning mart oyi oxirlarida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonda gaz portlagandi. Oqibatda er-xotin kuyish tan jarohati olgandi. Shu yilning fevralida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uyda gaz portlagandi. Hodisa oqibatida uyning bir qismi qulab tushgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar