Daryo

“El-Klasiko”lar tarixida o‘ziga xos seriya qayd etildi

“Barselona” La Liga 35-turi doirasidagi bahsda “Real”dan ustun keldi

1 daqiqa o‘qish7 358 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya La Ligasi 35-turi doirasidagi “Barselona” — “Real Madrid” bahsi yakuniga yetdi. Ushbu bellashuvda kataloniyaliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Opta Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur g‘alaba “El-Klasiko”lar tarixidagi eng uzun durangsiz seriyaga sababchi bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, La Liganing ikki grand jamoasi o‘rtasidagi so‘nggi 18 ta to‘qnashuv durangsiz yakunlanib, bu tarixdagi eng uzun seriyaga aylandi.

Ushbu 18 o‘yindan 8 tasida “Barselona” g‘alaba qozongan. Ta’kidlash kerakki, Hansi Flik jamoasi shulardan 4 tasini aynan joriy mavsumda qo‘lga kiritgan. 10 ta bellashuv esa Madrid klubi foydasiga hal bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 35-turidan so‘ng “Barselona” 82 ochko bilan turnir jadvalining yetakchisi bo‘lib turibdi. “Real Madrid” esa shuncha o‘yin o‘tkazgan holda ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. “Qirollik klubi” hisobida 75 ochko mavjud. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar