Daryo

La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

Kataloniyaliklar oradagi farqni 7 ochkoga yetkazib olib, chempionlik uchun katta qadam tashladi

1 daqiqa o‘qish14 180 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya La Ligasi 35-turi doirasidagi “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda kataloniyaliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvda madridliklar tezkor gol kiritishdi. 5-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 14-daqiqada o‘zining dublini rasmiylashtirdi. 19-daqiqada “Barselona” hisobni bittaga qisqartirdi. Gol muallifi — Erik Garsiya. 31-daqiqada Yamal tablodagi natijani 2:2 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, 34-daqiqada Rafinya “ko‘k-anorranglilar”ning 3-goli muallifiga aylandi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Rafinya o‘zining dublini rasmiylashtirib, hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

70-daqiqada Mbappe 3-marta “Barselona” darvozasiga yo‘l topib, “El-Klasiko”da xet-trik qayd etdi. 

Mazkur hisob bahs oxirigacha o‘zgarmadi va “Barselona” navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Hansi Flik jamoasi hozirda 82 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Real” esa 75 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.

La Liga 

35-tur

11-mart, yakshanba

“Barselona” — “Real” 4:3

Gollar: 0:1 — Mbappe (5), 0:2 — Mbappe (14), 1:2 — Garsiya (19), 2:2 — Yamal (32), 3:2 — Rafinya (34), 4:2 — Rafinya (45), 4:3 — Mbappe (70).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar