Daryo

SHHT O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston imzolagan shartnomani olqishladi

Tashkilotga ko‘ra, davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir

1 daqiqa o‘qish11 968 ko‘rishlar0 izoh0

Shanxay hamkorlik tashkiloti O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari imzolagan chegara to‘g‘risidagi shartnomani olqishladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma 31-mart kuni Xo‘jand shahrida imzolangandi.

“Bu uch davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir”, deyiladi SHHT xabarda.

A’zo davlatlar ushbu shartnomaning imzolanishi SHHT makonida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shishini qayd etgan.

31-mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasining tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tantanali ravishda ochilgan Do‘stlik stelasi qardosh mamlakatlar o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining yangi ramziga aylanishi qayd etildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar