Daryo

Xo‘jandda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli ochildi

Yodgorlik qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish9 644 ko‘rishlar0 izoh0

Tojikistonning Xo‘jand shahrida uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uch mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari videoaloqa orqali davlat rahbarlariga qurilish ishlari yakunlangani va obyekt tayyorligi to‘g‘risida axborot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu yodgorlik qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolangani hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilingani xabar berilgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 31-mart kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga yetib bordi. Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon huzuridagi tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladi va ratifikatsiya yorliqlarini almashdi. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar