Daryo

Markazlashgan Elit Osiyo Chempionlar Ligasining chorak final bosqichiga qur’a tashlandi (foto)

Ushbu bosqichdagi barcha uchrashuvlar Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish10 175 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 2024—25-yilgi mavsumi chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Elit ACL

Ushbu bosqichdagi barcha uchrashuvlar, shuningdek, yarim final va final ham markazlashtirilgan turnir doirasida Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Foto: Elit ACL

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi markazlashgan o’yinlariga qur’a natijasi:

“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) — “Gvangju” (Janubiy Koreya)

“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) —“Buriram Yunayted” (Tailand)

“Yokogoma Marinos” (Yaponiya) — “An-Nassr” (Saudiya Arabistoni)

“Kavasaki Frontale” (Yaponiya” — “As-Sad” (Qatar).

Chorak final uchrashuvlari 25—26-aprel kunlari bo’lib o’tadi. Qolgan bosqich uchrashuvlar sanasi hali e’lon qilinmagan.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada O‘zbekiston nomidan Toshkentning “Paxtakor” klubi qatnashdi. “Sherlar” 1/8 final bosqichida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnir bilan xayrlashdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar