Daryo

“Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotish bor

Futbolchi “Al-Ahli”ga qarshi bahsda mushaklaridagi og‘riq sabab almashtirilgan

1 daqiqa o‘qish23 880 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistoning “Al-Hilol” klubi himoyachisi Joao Kanselu jiddiy jarohat oldi. Futbolchi chempionat doirasidagi “Al-Ahli”ga qarshi bahsning 60-daqiqasida mushaklaridagi og‘riq sabab almashtirildi. Bu haqida YsScores nashri xabar bermoqda. 

Foto: Arab News

Shifokor Tamur Al Shahronining ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 10 kundan 6 haftagacha bo‘lgan muddatga safdan chiqdi.

4-mart kuni riyodliklarning Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi o‘yini bor. Hozircha “Al-Hilol”ning yakuniy qaydnomasi e’lon qilinmadi, biroq Kanselu mazkur bahsni o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” — “Al-Hilol” o‘rtasidagi nimchorak bahsi 4-mart kuni 21:00 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar