Daryo

Elit OCHL. “Al-Hilol”dan ustun kelgan “Paxtakor” futbolchilarining o‘yini qanday baholandi? 

Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi

1 daqiqa o‘qish10 722 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvlari doirasidagi “Paxtakor” — “Al-Hilol” bahsi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi “Jar” stadionida kechgan o‘yinda “sherlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Foto: Getty Images

O‘yindagi yagona gol 29-daqiqada Flamarion tomonidan kiritildi. Riaskosning ajoyib uzatmasidan keyin “sherlar”ning braziliyalik futbolchisi Yassin Bunu darvozasini ishg‘ol qildi. Bahsning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida o‘tdi, lekin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. 

Sofascore portali o‘yindan keyin futbolchilarning maydondagi harakatlarini baholadi. Unga ko‘ra, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya himoyachi Hojiakbar Alijonov topildi — 8.0 ball. Uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan futbolchi o‘yin davomida 31 marta sheriklariga pas bergan va ularning 20 martasi aniq yetib borgan — 61 foiz. Shuningdek, Alijonov yerda 8 ta kurash olib borgan hamda uning 6 martasida raqibidan ustun kelgan. Hojiakbar 3 marta dribling amalga oshrgan va 2 martasida raqiblaridan tezroq hamda aniq harakat qilgan.

O‘yindagi yagona gol muallifi Flamarion esa 7.6 ball bilan baholandi. Uning goliga hammualliflik qilgan Riaskosning o‘yini esa 6.9 ballga loyiq deb topildi. 

“Al-Hilol” safida esa eng yaxshi futbolchi sifatida Kayo Sezar e’tirof etildi — 7.7. 

Foto: Sofascore

Eslatib o‘tamiz mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 11-mart kuni Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar