Daryo

Elit OCHL. “Paxtakor” futbolchilarning o‘yini qanday baholandi?

Toshkentdagi bahsning yagona gol muallifi Flamarion uchrashuvning eng yomon harakat qilgan futbolchisiga aylandi

1 daqiqa o‘qish7 643 ko‘rishlar0 izoh0

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi “Al-Hilol” - “Paxtakor” uchrashuvi 11-mart, seshanba kuni Riyoddagi “Kingdom Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yindagi gollarga Al Yami, Malkom, Al Dovsari va Nosir al Dovsari kabi futbolchilar mualliflik qilishdi. Sofascore portali o‘yindan keyin futbolchilarning maydondagi harakatini baholadi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida ikkita assist muallifi bo‘lgan Muhammad Kanno deb topildi — 8,7 ball. Maydonda 90 daqiqa harakat qilgan yarim himoyachi bir qancha vaziyatlarda jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi va ikki goliga hammualliflik qildi. “Al-Hilol” safida eng yomon harakat qilgan futbolchi esa Markos Leonardo bo‘ldi — 7,1 ball.

“Paxtakor” safida eng yaxshi o‘yin o‘tkazgan futbolchi darvozabon Jonatan bo‘ldi. Braziliyalik posbon 4 ta gol o‘tkazgan bo‘lsa-da, 5 marta seyv amalga oshirib, hisobni bundan ham yiriklashib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Portal darvozabonning harakatlarini 7,5 ball bilan baholadi. 

67 daqiqa maydonda harakat qilgan Diyor Holmatov esa “sherlar” tarkibidagi ikkinchi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi — 6,5 ball. Yarim himoyachi maydonda harakat qilgan vaqti davomida 32 marta to‘pga tegingan. 18 marta sheriklariga pas bergan bo‘lsa, shulardan 15 tasi manzilga aniq yetib borgan. Futbolchi yerdagi 7 ta kurashning 3 martasida yutib chiqqan. Holmatov 67 daqiqa davomida 1 marta raqib darvozasi tomon xavfli zarba berishni uddaladi. 

Abdurauf Bo‘riyev, Abdulla Abdullayev, Jonatan Lukka kabi futbolchilar Sofascore tomonidan 6,4 ballga loyiq ko‘rildi. Jarda kechgan bahsda yagona gol muallifiga aylangan Flamarion esa “Paxtakor” safidagi eng yomon harakat qilgan futbolchi bo‘ldi — 5,9 ball. 

Foto: Sofascore

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan keyin “Al-Hilol” chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. “Paxtakor esa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqa bilan xayrlashdi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar