Daryo

Elit OCHL. “Paxtakor”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotishlar bor

Jarohat olgan ikki futbolchi ham Toshkentdagi bahsda safdan chiqqan

1 daqiqa o‘qish15 321 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ikki yetakchisi Al Bulayhi hamda Sergey Milinkovich-Savich jarohat olib, uzoq muddat safdan chiqdi. Bu haqida klub o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Paxtakor matbuot xizmati

Manbada yozilishicha, Ali Al-Bulayhida son mushaklari jarohati kuzatilgan. U 4-6 hafta davomida davolanish va reabilitatsiya dasturidan o‘tadi. Savich ham 3 haftaga yaqin shifoxonada davolanishga to‘g‘ri keladi. Har ikki futbolchi ham Toshkentdagi “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi. Shu sababli Bulayhi va Milinkovich-Savich Elit OCHL 1/8 final javob bahsi doirasidagi “Paxtakor” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Toshkentdagi bellashuvni o‘tkazib yuborgan bir qancha futbolchilar — Mitrovich, Kanselu, Renan Lodi kabi legionerlar javob uchrashuvigacha safga qaytishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” — “Al-Hilol” bahsining ilk uchrashuvida “sherlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yindagi yagona gol Flamarion tomonidan kiritilgan edi.

Javob bahsi ertaga, 11-mart kuni Riyoddagi “Kingdom Arena” stadionida o‘tkaziladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar