Daryo

Ronaldu nega Eron safariga bormadi? Elchixona rasmiy bayonot berdi

Avvalroq Krishtianuni Eronga borsa qamoq yoki qamchilash jazosi kutayotgani haqida xabarlar tarqalgandi

1 daqiqa o‘qish15 154 ko‘rishlar0 izoh0

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Elit Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi “Istiqlol”ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Foto: Globe Soccer

Oldinroq futbolchining bu qarori 2023-yilda yuz bergan voqea bilan bog‘liq ekani aytilgan edi. O‘shanda Ronaldu muxlisasi, nogiron qiz Fotima Hamamiyni quchoqlab, o‘pgan. Bu harakatlar Eron qonunlariga zid hisoblanadi.

Keyinchalik OAV orqali Krishtianu yana Eronga borsa qamoq yoki qamchilash jazosi kutayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Eron elchixonasi esa ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi:

Biz Krishtianu Ronalduga nisbatan sud qarori chiqarilganini qat’iyan rad etamiz. Futbolchi va Fotima Hamamiy o‘rtasidagi samimiy uchrashuv Eron xalqi hamda mamlakat sport rasmiylari tomonidan iliq qabul qilingan, deya elchixonaning bayonatini keltiradi talkSPORT nashri.

Ma’lumot uchun “Istiqlol” — “Al-Nasr” o‘rtasidagi bahs kecha, 3-mart kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli o‘tgan bahsda hisob ochilmadi — 0:0. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar