Daryo

Elit OCHL. Ronaldu yana Eronga kelsa 99 darra bilan jazolanadimi?

Krishtianu “Istiqlol”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. U o‘yin qaydnomasidan joy olmadi

1 daqiqa o‘qish32 494 ko‘rishlar0 izoh0

“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi Eronning “Istiqlol” klubiga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi uchrashuv qaydnomasidan joy olmadi. 

Foto: Al-Nassr

Tribuna.com nashri ma’lumotlariga ko‘ra, saudiyaliklar Eron klubiga rasmiy xat yo‘llab, o‘yinni neytral maydonga ko‘chirishni so‘ragan. Bu ma’lumotni Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj va “Istiqlol” bosh direktori Ali Nazari Juybari ham tasdiqlagan.

Juybarining ta’kidlashicha, Eronga avvalgi tashrifi chog‘ida portugaliyalik futbolchini ko‘rish uchun ko‘p odam yig‘ilgan va bu tartibsizliklar tufayli Krishtianu yana Tehronga kelishni istamagan. “Istiqlol” tomoni bahsni boshqa joyga ko‘chirishdan bosh tortdi hamda o‘yinni o‘z stadionida o‘tkazishga qonuniy haqlari borligini eslatdi.

Yana bir manba esa Ronaldu o‘tgan yili Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi “Persepolis” jamoasiga qarshi o‘yin oldidan eronlik nogiron rassom qiz Fotima Hamamiyni o‘pgani uchun Eron qonunchiligiga ko‘ra 99 darra qamchi bilan jazolanishi mumkinligi va futbolchi shu sabab Tehronga bormaganligini qo‘shimcha qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Istiqlol” — “An-Nassr” uchrashuvi bugun, 3-mart kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar