Daryo

Krishtianu Ronaldu La Liga klubini sotib olmoqchi

Futbolchi Saudiya valiahd shahzodasi bilan hamkorlik qilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish57 834 ko‘rishlar0 izoh0

“An-Nassr” jamoasi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning “Valensiya” klubini sotib olishi mumkin.

Foto: X (sobiq Twitter)

X ijtimoiy tarmog‘idagi TCR sahifasining yozishicha, Ronaldu ispan klubini xarid qilishni xohlamoqda. U bunday katta xarid uchun o‘ziga sherik sifatida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni tanlagan.

Qirollik oilasi vakili ushbu bitimning moliyaviy tomonini nazorat qiladi va Ronalduning rasmiy hamkori bo‘ladi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu investorning jamg‘armasi hozirda Angliyaning “Nyukasl” klubi aksiyalariga ham egalik qiladi.

Hozirda “Valensiya”ga singapurlik biznesmen Peter Lim Eng Hok egalik qiladi. U 2014-yilda ispan jamoasini xarid qilgan edi.

“Valensiya” Ispaniyaning eng sovrindor klublaridan biri hisoblanadi. Klub shu vaqtga qadar La Ligada 6 marta, Ispaniya Kubogida 8 marta g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, “ko‘rshapalaklar” ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan.

Ma’lumot uchun, “Valensiya” joriy mavsumda La Ligada 25-turdan keyin 18-o‘rinni egallab turibdi va jamoaning quyi ligaga tushib ketish xavfi mavjud.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar