Daryo

Ronalduga qarshi o‘ynashni orzu qilgan futbolchi adashib boshqa jamoaga o‘tdi

Futbolchi ikkita klub nomini almashtirib, boshqa jamoa bilan shartnoma imzolagan

1 daqiqa o‘qish20 980 ko‘rishlar0 izoh0

32 yoshli kongolik hujumchi Tjevi Bifuma 2024-yilning yozida Gretsiya chempionatini tark etib, Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tishga qaror qildi. Yaqinda u juda qiziq intervyu berdi.

Foto: Kollaj

Bifuma Eron klubi taklifini qabul qilishdan avval internet orqali jamoa haqida ma’lumot izladi va uning Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida “An-Nassr”ga qarshi o‘ynashi haqida ma’lumot oldi. Ushbu bahsda Krishtianu Ronaldu ham maydonga tushishi kutilayotgan edi.

Ronalduga qarshi o‘ynash — mening bir umrlik orzum edi. Shuning uchun ko‘p o‘ylab o‘tirmay, taklifni qabul qildim, deydi futbolchi.

Ammo Bifuma bir muhim narsani e’tibordan chetda qoldirdi — Eron futbolida ikkita “Istiqlol” bor edi: “Istiqlol Tehron” va “Istiqlol Xuziston”.

Kongolik hujumchi yanglishib “Istiqlol Tehron” o‘rniga “Istiqlol Xuziston” bilan shartnoma imzolaganini keyinroq tushundi. Natijada u Ronalduga qarshi o‘ynash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

23-turdan keyin “Istiqlol Xuziston” Eron chempionatida 25 ochko to‘lab, turnir jadvalining 12-pog‘onasini egallab turibdi. Futbolchi joriy mavsum Pro Ligasi doirasidagi 20 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Bifuma Ispaniyaning “Espanyol”, “Las-Palmas”, “Granada” kabi jamoalarida o‘ynagan. 2014-yilda “Vest Bromvich” safida Angliyada qisqa muddat harakat qildi va keyin professional faoliyatining katta qismini Turkiyada o‘tkazdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar