Daryo

Ronaldu 40 yoshda ham ajoyib formani saqlashda yordam beradigan taom nomini aytdi

Ushbu ovqat Portugaliyaning an’anaviy taomlaridan hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish10 858 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o’zining jismoniy holatini saqlashga yordam beradigan taom nomini aytdi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ronaldu 40 yoshida ham ajoyib sport formasini saqlab turibdi. Bunda hujumchiga Portugaliyaning an’anaviy taomlaridan — bakalhau a bras yordam beradi. Ushbu taom tarkibida tuzlangan treska, piyoz, ingichka kesilgan kartoshka va tuxum kabi mahsulotlar bor.

Ronalduning o’zi ushbu taom haqida shunday deydi: “bu ovqat bolaligimni eslatadi va menga kuch beradi”.
Bakalhau a bras taomi
Foto: South China Morning

Futbolchi qat’iy parhezga amal qiladi. U odatda shakar hamda spirtli ichimliklarni oz iste’mol qilib, chanqoqni qondirish uchun faqat suv ichadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Ronaldu “An-Nassr” tarkibida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda qatnashib, 28 gol va 4 golli uzatma muallifiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar