Daryo

La Liga. “Barselona” safarda “Valensiya”ni tor-mor etdi

Bu “Barselona”ning mavsumdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasi hisoblanadi. Kataloniyaliklar ayni paytda 12 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

1 daqiqa o‘qish3 619 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya La Ligasining 4-tur uchrashuvlari doirasida “Valensiya” va “Barselona” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Valensiyadagi “Mestalya” stadionida kechgan uchrashuvda kataloniyaliklar raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv taqdiri ilk daqiqalardayoq mehmonlar foydasiga hal bo‘la boshladi. O‘yinning 6-daqiqasidayoq “Barselona” vingeri Lamin Yamal hisobni ochdi. 22-daqiqaga kelib yarimhimoyachi Fermin Lopes farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Rafinya jamoasining uchinchi golni urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. O‘yin yakuniga qadar kataloniyaliklar yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 79-daqiqada Pedri o‘z nomini tablo yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 84-daqiqada Lamin Yamal dubl rasmiylashtirib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 5:0.

Bu “Barselona”ning mavsumdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasi hisoblanadi. Kataloniyaliklar ayni paytda 12 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylanib oldi. “Ko‘k-anorranglilar” hozirda eng yaqin ta’qibchilari bo‘lgan “Betis” va “Real Madrid”ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Mavsum boshini omadsiz boshlagan “Valensiya” esa atigi 1 ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi — 20-pog‘onasida bormoqda.

Chempionatning navbatdagi turida “Barselona” 13-sentyabr kuni safarda “Levante” bilan o‘ynaydi. “Valensiya” esa 11-sentyabr kuni “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.

Ispaniya La Ligasi, 4-tur

“Valensiya” — “Barselona” 0:5
Gollar:
0:1 — Lamin Yamal (6), 0:2 — Fermin Lopes (22), 0:3 — Rafinya (50), 0:4 — Pedri (79), 0:5 — Lamin Yamal (84).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar