Daryo

Andijonda xonadonlardan biri yonib ketdi (video) 

Yong‘in sodir bo‘lishi omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish4 638 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida xonadonlardan biri yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, 19-fevral kuni soat 14:26 da Oltinko‘l tumani “Qo‘shtepa” MFYda joylashgan fuqaro I.Sh.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Soat 14:32 da aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 15:02 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.

Hodisa natijasida aholi yashash xonadonining 40 m/kv maydonda shift, tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Hozirda yong‘in sodir bo‘lishi omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

So‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar

2024-yil 13-oktyabr kuni Yunusobodda yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketgandi. 16-oktyabrda esa Mirobod tumanida joylashgan “Miran” mehmonxonasining qurilishi davom etayotgan eski binosida yong‘in chiqdi.

Shuningdek, 20-oktyabr kuni soat 16:54 da Shayxontohur tumanidagi “Bildirish” tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi.

Bundan tashqari, Olmazor tumani “Chinobod” MFY, Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida 31-oktyabr kuni soat 02:13 da yong‘in sodir bo‘ldi.

20-noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘ldi.

31-dekabr kuni Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

17-fevral kuni esa Sirdaryo viloyati Shirin shahrida sodir bo‘lgan yong‘indan 3 nafar voyaga yetmagan bolalar qutqarilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar