Daryo

Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi 

Ularning ota-onalari Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish4 845 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada ota-onasi qaramog‘isiz qolgan 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Unga ko‘ra, mamlakat Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekiston qaytarildi. Ular ota-onasi bilan Rossiyaga borgan. 

Ammo bolalarning ota-onalari Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Voyaga yetmagan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bola yaqin tanishlari bilan qolgan.

O‘zbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarning manzilini aniqladi. Shuningdek, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar

Avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. 

Shuningdek, Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan va hujjatlarini yo‘qotgan  to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgandi. 

Rossiyadagi elchixonaning o‘zbekistonliklarga murojaati

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mamlakatda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklarni huquqiy maqomini zudlik bilan hal qilishga chaqirdi. 5-fevraldan boshlab Rossiya hududida Rossiya IIV tomonidan yuritiladigan “nazorat qilinadigan shaxslar reyestri” faoliyat ko‘rsatishni boshladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar