Daryo

Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

Bundan avval “G‘uzor tandir go‘shti”, “G‘ijduvon shashlik”, “Zomin tandir go‘shti” ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi

1 daqiqa o‘qish16 336 ko‘rishlar0 izoh0

Adliya vazirligi Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kiritilganini e’lon qildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ko‘magi bilan 4-fevral kuni “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.

2022-yil mart oyida kuchga kirgan “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb eʼtirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

2024-yil yanvarida “G‘uzor tandir go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi. Bundan tashqari “G‘ijduvon shashlik”, “Zomin tandir go‘shti”, “Marg‘ilon adrasi” va “Qo‘qon pichoqlari” ham patentlangandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar