Daryo

O‘zbekiston va Malayziya mahsulotlar “halol” standartlariga muvofiqligini baholashda hamkorlik qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Kuala-Lumpurga tashrifi davomida qanday hujjatlar imzolangani e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish5 750 ko‘rishlar0 izoh0

Kuala-Lumpur shahrida 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • Mahsulotlarning “halol” standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
  • Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • “Aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • 2025—2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.

Hujjatlar imzolanishidan lavhalar

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga tashrifi

Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Prezident aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. 

5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida 5-fevral kuni Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston—Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davrini boshlashga kelishildi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar