Daryo

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi (foto)

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri va taʼlim vaziri kutib oldi

1 daqiqa o‘qish10 532 ko‘rishlar2 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, taʼlim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Parlamentlar doirasida faol hamkorlik va almashinuvlarni davom ettirish, o‘zaro tashriflar va do‘stlik guruhlari tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi masalalarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muhim investitsiyaviy, infratuzilmaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrif dasturining asosiy tadbirlari ertaga, 5-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri oliy darajada muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar