Daryo

Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi

U 2022-yilning dekabridan buyon ushbu lavozimda faoliyat olib borayotgandi

1 daqiqa o‘qish15 041 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

U 2022-yilning dekabr oyidan buyon ushbu lavozimga faoliyat olib borayotgandi.

Bahodir Begalov 1968-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega. 1992-yilda Moskva iqtisod-statistika institutini bitirgan. 1992—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3-kategoriya muhandisi, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan.

2012—2016-yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. O‘rindoshlik asosida TDIUning “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2016-yilning aprelidan 2017-yilning mayiga qadar Toshkent moliya institutida rektor lavozimida ishlagan. U Davlat statistika qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar