Daryo

Baxodir Begalov Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi

TMI rektori lavozimiga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Begalov Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

1 daqiqa o‘qish16 292 ko‘rishlar0 izoh0

Iqtisod fanlari doktori, professor Baxodir Begalov Toshkent moliya institutining rektori etib tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati

Baxodir Begalov 1968-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega. 1992-yilda Moskva iqtisod-statistika institutini bitirgan. 1992—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3-kategoriya muhandisi, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan.

2012—2016-yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. O‘rindoshlik asosida TDIUning “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Toshkent moliya instituti rektori lavozimiga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Begalov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar