Shavkat Mirziyoyev qarori bilan O‘zbekistonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uchta agentlikka yangi rahbarlar tayinlandi.
Prezident matbuot xizmati xabar qilishicha,
- Sodiq Toshboyev — Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi lavozimiga,
- Shohrux Shorahmetov — Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga,
- Bahodir Begalov — Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga;
- Abdushukur Sodiqov — Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga,
- Olim Narzullayev — Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bundan avval moliya vaziri sifatida faoliyat yuritib kelgan Timur Ishmetov va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Ochilboy Ramatov, Jamshid Qo‘chqorov, Jamshid Xo‘jayev va Zulayho Mahkamova O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarligiga tasdiqlandi.
Izoh (0)