Daryo

O‘zbekistonda 11 oyda ijara xizmatlari qanchaga o‘sgani ma’lum qilindi

Yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (118,9%) va Samarqand (110,3%) viloyatlarida kuzatilgan

1 daqiqa o‘qish11 952 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida ijara xizmatlari 8 683,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4% ga o‘sgan. Yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (118,9%) va Samarqand (110,3%) viloyatlarida kuzatilgan.

Ijara xizmatlari hajmi, yillar kesimida (yanvar-noyabr) 

Foto: Stat.uz

Avvalroq O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024-yilning 11 oyida 59,4 mlrd dollarga yetgani xabar berilgandi.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2,1 mlrd AQSH dollariga yoki 3,6 foizga ko‘paygan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar