Daryo

Buxorodagi uchta tuman va bitta shaharda hokim o‘zgardi

Prezident 29-noyabr kuni Buxoro viloyatini rivojlantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazgan edi

1 daqiqa o‘qish27 499 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyatining Peshku, Vobkent, Qorovulbozor tumanlari hamda Kogon shahrida hokimlar o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq deputatlari Peshku tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov tanqidiy-tahliliy nutq so‘zlagan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Vahob Qahhorov Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. 2021-yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Hayot Davlatov tuman hokimi etib tayinlandi.

Shuningdek, Vobkent tumani hokimi vazifasida 2021-yildan beri ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashganligi munosabati bilan o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. 

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Akmal Ostonov tuman hokimi etib tayinlandi.

Shu bilan birga, Hayot Davlatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Kogon shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi. 

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirshakar To‘raboyev shahar hokimi etib tayinlandi.

Akmal Ostonov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Qorovulbozor tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi. 

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

2021-yildan beri viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Hamroyev tuman hokimi etib tayinlandi.

29-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda Buxoroda hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tishi belgilangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar