9-sentyabrdan Xiva—Buxoro—Xiva yo‘nalishida zamonaviy tezyurar CRRC-Dalian elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Besh vagondan iborat poyezd 415 ta ekonom klass o‘rindig‘iga ega.
707-sonli Xiva—Buxoro-1 poyezdi seshanbadan tashqari haftaning barcha kunlari qatnaydi. Poyezd Xivadan 09:55 da jo‘nab, Buxoroga 14:32 da yetib boradi. 706-sonli Buxoro-1—Xiva poyezdi esa dushanbadan tashqari barcha kunlari harakatlanadi: Buxorodan 15:45 da jo‘nab, Xivaga 20:25 da yetib keladi.
Shuningdek, 14-sentyabrdan Buxoro-1—Toshkent yo‘nalishida 701-sonli elektropoyezd har dushanba kuni, 15-sentyabrdan esa 702-sonli Toshkent—Buxoro-1 poyezdi har seshanba kuni qatnaydi.
Yangi qatnovlar munosabati bilan 56, 58, 127/128, 301, 6412 va 6353-sonli ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi. Yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda yangilangan jadvalni hisobga olish tavsiya etildi.
7-sentyabrdan Parkent—Toshkent—Parkent yo‘nalishida shaharlararo elektropoyezd qatnovi boshlangani haqida xabar berilgandi. Poyezdda 586 o‘rindiq bo‘lib, jami 1154 tagacha yo‘lovchi sig‘imi mavjud.








